2025-yil 26-noyabr kuni kurash mahorat maktabi tomonidan o‘quvchi-yoshlar o‘rtasida “Biz korrupsiyaga qarshimiz” nomli rasmlar ko‘rgazmasi tashkil etildi. Tadbirning asosiy maqsadi — o‘quvchi va sportchilar ongida halollik, qonuniylik va fuqarolik pozitsiyasini shakllantirish, korrupsiyaning zararli oqibatlari haqida tushuncha berishdan iborat bo‘ldi.
Ko‘rgazmada 8–9-sinf o‘quvchilari o‘z ijodiy ishlari bilan ishtirok etdilar. Yosh rassomlarning ishlari bir-biridan mazmunan boy va g‘oyaviy jihatdan ahamiyatli bo‘lib, ularda quyidagi mavzular yorqin aks etdi:
-Korrupsiyaning salbiy oqibatlari, jamiyat taraqqiyotiga to‘sqinlik qilishi va adolat mezonlarini buzishi;
-Halollik va poklikning inson hayoti va kelajagini shakllantirishdagi o‘rni;
-Adolat, qonun ustuvorligi va taraqqiyot tamoyillarining ahamiyati;
Korrupsiyaga qarshi kurashda har bir fuqaroning, ayniqsa yosh avlodning mas’uliyati. O‘quvchilarning ko‘plab ishlarida korrupsiyaga qarshi kurashning ramziy ifodalari, halollikka chaqiruvchi obrazlar, qonun ustuvorligini targ‘ib qiluvchi g‘oyalar yorqin ranglar, zamonaviy grafik uslublar va estetik yondashuvlar orqali tasvirlangan.
Ko‘rgazma o‘quvchi-yoshlar orasida korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni kuchaytirish, ularni halol va mas’uliyatli shaxs sifatida tarbiyalashda muhim ahamiyat kasb etdi. Mazkur tadbir yoshlarning ijtimoiy ongini rivojlantirish, ularda adolat va poklik qadriyatlarini mustahkamlash yo‘lida yana bir samarali tashabbus bo‘ldi.



