Xorazm viloyati, Urganch sh, Nukus ko'chasi, 9-uy

2025-yil 21-oktabr kuni Xorazm viloyati Kurash mahorat maktabida "Milliy libos – millat g‘ururi" mavzusiga bag‘ishlangan ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi. Ushbu tadbir yoshlar qalbida milliy qadriyatlarimizga bo‘lgan hurmatni yanada mustahkamlash, urf-odatlarimiz, an’analarimiz va milliy liboslarimizning tarixiy va madaniy ahamiyatini yoritish maqsadida o‘tkazildi.

Tadbir davomida o‘quvchilar milliy liboslarimiz tarixi, ularning zamonaviy talqini, hududlarga xos o‘ziga xosliklari haqida ma’lumotlar bilan tanishdilar. Shuningdek, milliy kiyimlarda chiqish qilgan o‘quvchi-yoshlar tomoshabinlarga yorqin taassurot qoldirdi. Milliy liboslarimiz xalqimizning boy madaniy merosi, urf-odat va an’analarining ajralmas qismidir. Ayniqsa, bugungi globallashuv davrida milliylikni asrab-avaylash, uni yosh avlodga yetkazish muhim ahamiyat kasb etishi qayd etildi. Tadbir barchada katta taassurot qoldirdi va o‘quvchi-yoshlar uchun ma’naviy oziqa bo‘ldi.

Manzil

  • Xorazm viloyati, Urganch sh, Nukus ko'chasi, 9-uy
  • +998 (62) 228-43-69
  • busm.@mail.ru
  • Ish vaqti: 9:00 - 18:00
«    Ноябрь 2025    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 12
3456789
10111213141516
17181920212223
24252627282930

Yil dasturi

Manzili