

Xorazm viloyati Urganch shahridagi "Yoshlik" sport majmuasida kurash milliy sporti bo‘yicha nufuzli musobaqa O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sovrini uchun – Pahlavon Mahmud xotirasiga bag‘ishlangan IV Markaziy Osiyo xalqaro turnirining ochilish marosimi boshlandi.
Musobaqada O‘zbekiston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston va Afg‘oniston davlatlaridan kurashchi polvonlar ishtirok etishmoqda.
Tadbir davomida "Besh tashabbus olimpiadasi" doirasida mazkur sport turi bo‘yicha o‘tkaziladigan "Bosh prokuror kubogi" musobaqalariga ham start berildi.